3PL/e-commerce uchun WMS
Ombor jarayonlarini samarali va shaffof boshqarish tizimi
- 1M+
- 1 oylik buyurtmalar soni
- 500+
- Kundalik faol foydalanuvchilar
- 70%
- Fransiya omborlari - bizning mijozlarimiz
- 11+
- Yillik tajriba
Haqida
Ombor boshqaruv tizimlari bo'yicha 11 yildan ortiq tajriba
DIONYSOS ombor boshqaruvi uchun dasturiy ta'minotni yaratadi va logistikada o'n yildan ortiq tajribaga ega. DIONYSOS WMS butun ombor jarayonini qamrab oladi hamda har qanday ERP yoki CRM tizimi bilan integratsiyalashadi. DIONYSOS WMS butun dunyo bo'ylab yuqori yuklamali, bir nechta mijozga xizmat ko'rsatadigan omborlarda qo'llaniladi.
DIONYSOS WMS
bilan omboringizni to'liq raqamlashtiring
DIONYSOS WMS - ko'p yillik amaliy tajribaga asoslangan mukammal ombor boshqaruv tizimi. Bizning tizimimiz barcha logistika jarayonlarini optimallashtiradi va to'liq raqamli nazoratni ta'minlaydi. Barcha tariflar ham ochiq e'lon qilingan: WMS to'liq tariflar jadvali bilan tanishing.
Ombor jarayonlarini to'liq raqamlashtirish
Veb-ilova va mobil terminal orqali real vaqt rejimida ishlash imkoniyati
ERP/CRM tizimlari bilanuniversal integratsiya
Ishonchli API orqali har qanday ERP yoki CRM tizimi bilan uzluksiz integratsiya
Aniq hisobot va tahlil
Asosli qarorlar qabul qilish uchun real vaqt rejimidagi operatsion ma’lumotlar va keng qamrovli tahlil
Moslashuvchan joylashtirish
To‘liq nazoratni ta’minlash uchun mahalliy (on-premise) joylashtirish yoki tizimni kengaytirish va moslashuvchan ishlash uchun bulutli hosting
Ko'p tilda ishlaydigan platforma va mahalliy qo'llab-quvvatlash
Tizimimiz 10 ta tilda ishalydi, hamda Yevropa va Markaziy Osiyoda mintaqaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini beradi
3PL va e-commerce ombor operatsiyalari
Yagona ombor tizimi doirasida bir nechta mijozlar uchun zaxiralarni alohida yuritish, buyurtmalarni qayta ishlash va hisob-kitob jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi
Jarayonlar
Ombor boshqaruvi jarayonlarining to‘liq qamrovi
Omboringizdagi ish jarayonlarining har bir bosqichi optimallashtirilgan va raqamlashtirilgan holda boshqariladi.
Qabul qilish
Mobil terminallar orqali mahsulotlarni qabul qilish, ularni real vaqt rejimida kuzatish hamda batafsil hisobotlarni shakllantirish imkoni
Inventarizatsiya
Bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchi tomonidan inventarizatsiya o‘tkazish, yaroqlilik muddatlarini kuzatish va ma’lumotlarni Excel formatida eksport qilish imkoni
Qaytarilgan mahsulotlar bilan ishlash
Qaytarilgan mahsulotlarni hisobga olish, tegishli hujjatlarni skanerlash va ularni omborga qayta joylashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash
Do'koningiz bilan bog'langan
Yuqoridagi har bir jarayon do'koningizdan olingan aniq ma'lumotlarga bog'liq: qaysi buyurtmalarni bajarish kerakligi va omborda qancha mahsulot qolganligi. Konnektor bu ma'lumotlarni avtomatik ravishda sinxronlashtiradi, shuning uchun ombor doimo dolzarb ma'lumot bilan ishlaydi.
BatafsilRahbariyat
DIONYSOS WMS’ni yaratishdan asosiy maqsadimiz ombor boshqaruvini qulay, samarali va tushunarli qilish edi. Tizimdagi har bir funksional yechim mijozlarimiz bilan birgalikda yechilgan real muammolar asosida ishlab chiqilgan.

Benjamin D.
DIONYSOS kompaniyasining ascoschisi va bosh direktori
Aloqa
Biz bilan bog‘laning
Ombor jarayonlaringizni yanada samarali boshqarishni istaysizmi? DIONYSOS WMS orqali biznes jarayonlaringizni qanday yaxshilash mumkinligini birgalikda muhokama qilamiz!
Toshkent ofisi
Amir Temur shoh ko'chasi, 95A
100084, Toshkent
Omboringizni yangi darajaga olib chiqishga tayyormisiz?
DIONYSOS WMS’ni tanlagan kompaniyalar safiga qo‘shilib, ombor jarayonlarini yanada tez, aniq va samarali boshqaring.